Hasanboy Doʻsmatov ketma-ket ikkinchi bor Osiyo oʻyinlarining finaliga chiqdi

    Sport 4 Oktabr 2023 1322

    Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi, Rio-2016 Olimpiadasi chempioni Hasanboy Doʻsmatov qatorasiga ikkinchi bor Osiyo oʻyinlarining finaliga yoʻl olmoqda.

    -51 kg vazn toifasidagi hamyurtimiz yarim finalda yaponiyalik Tomoya Suboiga qarshi bahs olib bordi.

    Ikki jahon chempionlari oʻrtasidagi bahsda yurtdoshimizning qoʻli baland keldi.

    Shuningdek, ushbu gʻalaba Doʻsmatovga Parij-2024 Olimpiadasi yoʻllanmasini ham taqdim qildi. Uning finaldagi raqibi tailandlik Titisan Panmot boʻladi.