Kechaning eng kutilgan janglaridan biri havaskor boksda ikki karra Olimpiya chempioni, yurtdoshimiz Hasanboy Doʻsmatov hamda filippinlik bokschi Mark Antonio oʻrtasida kechdi.
8 raund davom etgan toʻliq bellashuvda Doʻsmatov faol va aniq zarbalar bilan ustunlikni qoʻlga kiritdi. Barcha hakamlar bir ovozdan gʻalabani oʻzbekistonlik bokschi foydasiga baholadi.
Shu tariqa, 32 yoshli Hasanboy Doʻsmatov professional ringdagi 7-jangida 7-gʻalabasini qayd etdi.
U soʻnggi jangini 2023-yil noyabrda Rossiya Federatsiyasida Janubiy Afrika Respublikasi vakili Sipxamandla Balega qarshi oʻtkazgan va u jangda ham ochkolar hisobiga koʻra gʻalaba qozongandi.
Uning bu safargi raqibi — 28 yoshli Mark Antonio professional faoliyatidagi 15-jangida maydonga chiqdi. Uning hisobida hozirda 11 ta gʻalaba va 3 ta magʻlubiyat mavjud.









