Tailandik chempionga hamyurtimiz Hasanboy Doʻsmatov raqiblik qiladi. Tashkilot fevral oyida ikki tomon kelishuvga erishishi uchun 30 kun muxlat bergan edi.
Lekin muddat allaqachon yakuniga yetgan boʻlsa-da, tashkilotning bu haqida rasman maʼlumot berishi kechikdi.
Maʼlum boʻlishicha, Doʻsmatovning jamoasi jangni Olimpiadadan keyin oʻtkazishni soʻrab, iltimosnoma kiritgan. Tashkilot esa bu soʻrovni maʼqullagan.
Shuningdek, Niyomtrong jamoasi ham bunga rozi boʻlgan. Tailadnlik bokschi endilikda ixtiyoriy himoya jangini oʻtkazadi.