Hasanboy Doʻsmatovning navbatdagi jangi tasdiqlandi

    Sport 24 Oktabr 2023 2403

    Olimpiada va Jahon chempioni Hasanboy Doʻsmatovning navbatdagi raqibi, jang sanasi va manzili rasman maʼlum qilindi.

    Doʻsmatov 6-noyabr kuni Rossiyaning Sochi shahrida tashkil etiladigan professional boks oqshomida Janubiy Afrika Respublikasi vakili Sifamandla Baleniga qarshi ringga koʻtariladi.

    Maʼlumot uchun, oʻyinchoq (ToyToy) laqabi bilan tanilgan Baleni faoliyati davomida 21 gʻalaba (8 nokaut), 5 magʻlubiyat va 2 durang qayd etgan.

    U shu yilning 4-sentyabr kuni IBO World Minimum kamari uchun oʻtkazgan 12 raundlik jangida Mzamo Maxifeniga ochkolar hisobiga koʻra yutqazib qoʻygandi. Hasanboy Doʻsmatov esa 5 ta jangining barida zafar quchgan. Doʻsmatov - Baleni jangi 10 raund etib belgilangan.