Ahamiyatlisi, Niyatrongga bu safar hamyurtimiz Hasanboy Doʻsmatov raqiblik qiladi. Tashkilot tomonlar kelishuvga erishishi va muzokaralar oʻtkazishi uchun 30 kun vaqt berdi.
Maʼlumot uchun, 33 yoshli Niyomtrong faoliyati davomida 24 ta jang oʻtkazib, ularning barchasida gʻalaba qozongan. Bu u uchun 12-himoya jangi boʻladi.
Hasanboy Doʻsmatov esa prof faoliyati davomida 6 ta jang oʻtkazib, barchasida zafar quchgan. Charm qoʻlqop ustamiz WBA reytingida ikkinchi oʻrinni egallab turibdi.