Qur'oni karim 3 yil mobaynida yozildi va umrboqiy, har ikki tomoniga ham yozish mumkin bo'lgan va suvda ivimaydigan Samarqand qog'ozidan foydalanildi.
Samarqandlik hattot Abdujalil ergashev 60x80 hajmdagi katta Qur'on kitobini yozdi. Bu haqda O'zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi xabar bermoqda.
“Ushbu ulug' kalomlar bitilgan kitobni uch yil mobaynida 310 varaqqa (2 tomonlama), 620 sahifada arab kufi xatida yozishga muvaffaq bo'ldim”, - deydi hattot.
Hatotning aytishicha, Samarqand qog'ozi o'zining umrboqiyligi, har ikki tomoniga ham yozish mumkin bo'lganligi hamda suvda ivimasligi bilan shuhrat qozongan. Shuning uchun kitob varaqlariga shu qog'ozdan foydalanilgan.
Ma'lumot uchun, Samarqand qog'ozi “Konigil-Meros” qog'oz ishlab chiqarish hunarmandchilik markazida ishlab chiqiladi. Qog'ozlar aholi orasida “balx tuti” deb ataluvchi tut navi po'stlog'idan tayyorlanadi. Bugungi kunda samarqand qog'ozidan nafaqat O'zbekiston, balki YAponiyadagi qadimiy yozma bitiklar va nodir asarlarni qayta ta'mirlashda keng foydalanilmoqda.