10-13-dekabr kunlari respublika hududining katta qismida yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 13-dekabr kuni shimolda baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻadi.

14-dekabrda respublika boʻyicha baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, shimolda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Faqat Fargʻona vodiysi viloyatlarida yogʻingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.

Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.

10-14-dekabrda harorat kechalari 5-8 daraja sovuqdan 2-5 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 0-3 daraja iliqdan 9-12 daraja iliqqacha koʻtariladi. Respublika shimolida harorat kechalari 8-13 daraja sovuqdan 2-7 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-5 daraja sovuqdan 0-5 daraja iliqqacha koʻtariladi.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-14-dekabrda ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Poytaxtimizda: 10-13-dekabr kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi.

14-dekabrda kunning ikkinchi yarmida yomgʻir yogʻishi mumkin. Harorat kechalari 6-8 daraja sovuqdan 3-5 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 0-2 daraja iliqdan 10-12 daraja iliqqacha asta-sekin koʻtariladi.

Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.

Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi.

Yakshanba kuni Oʻzbekiston hududiga yana sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Respublika boʻyicha yomgʻir va qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik boʻladi, havo harorati keskin pasayadi.