Bugun kunduz kuni respublika boʻyicha harorat foni 35-40° atrofida, janubda baʼzi joylarda 43-45° gacha boʻlgan quruq va issiq ob-havo saqlanib turadi. Yaʼni havo harorati avvalgi kunlarga qaraganda pasayadi.

Baʼzi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlari kuzatilishi mumkin.

Poytaxtimizda yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 36-38° boʻladi.

Togʻli hududlarda havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27-32 daraja boʻladi.