Respublika boʻyicha vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, 24-25-fevral kunlari shimolda va choʻl hududlarda, 26-fevralda respublikaning qolgan hududlarida yomgʻir qorga aylanadi. Baʼzi joylarda yogʻingarchilik kuchli boʻladi.

Ayrim joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha, baʼzida 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Bugun kunduzi hududning katta qismida havo harorati 10-15 daraja iliq atrofida boʻladi, 25-27-fevral kunlari 0-5 daraja iliqqacha asta-sekin pasayadi. 26-27-fevral kunlariga kelib, kechalari harorat 0-5 daraja sovuqqacha pasayadi.

Ish haftasi davomida respublika shimolida harorat asosan kechalari 4-9 daraja sovuq, kunduz kunlari 3 daraja sovuq-2 daraja iliq boʻladi.

Respublika boʻyicha baʼzi joylarga tuman tushadi.

Toshkentda: bugun kunning ikkinchi yarmida biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. 25-28-fevral kunlari vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir yogʻadi, qorga aylanadi) boʻladi.

Havo harorati bugun kunduzi 13-15 daraja iliq, ertaga 11-13 daraja iliq boʻladi, 26-28-fevralda 2-5 daraja iliqqacha pasayadi. 27-28-fevralga kelib, harorat kechalari 0-3 daraja sovuqqacha asta-sekin pasayadi.