Xizmat koʻrsatilayotgan samolyot turlariga Airbus 319, 320, 321, 330, Boeing 737, 767, 777, 787, Embraer RJ 170/190 va ATR 42/72 kabilar kiradi.
Shartnoma shartlariga koʻra, “EU Wings” yuqoridagi aeroportlarda aviakompaniyalar talablariga muvofiq samolyotlarga texnik xizmat koʻrsatadi. Bu, oʻz navbatida, Oʻzbekiston aeroportlariga yangi xorijiy aviatashuvchilarni jalb etish uchun qulay shart-sharoit yaratadi hamda qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratish imkonini beradi.
Eslatib oʻtamiz, ikki kompaniya oʻrtasidagi hamkorlik joriy yil 26-martda boshlangan edi. Poytaxtimizda boʻlib oʻtgan “MRO Central Asia” taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish konferensiyasi doirasida “Uzbekistan Airports” boshqaruv kompaniyasi va Italiyaning “EU Wings Srl” kompaniyasi oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi imzolangan edi, deb xabar beradi Uzbekistan Airports.