Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-boʻronlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 15-20 daraja iliq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-boʻronlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 15-20 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-boʻronlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 9-14, kunduzi 22-27 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-boʻronlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 15-20 daraja iliq boʻladi.

Respublikamizning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.

Muhim hodisalar

Joriy yilning 17-oktyabr kuni Oʻzbekistonning shimoliy, 18-19-oktyabr kunlari qolgan hududlariga Volgaboʻyi orqali Rossiyaning Yevropa qismidagi markaziy tumanlari (Moskva viloyati) ustida shakllangan sovuq va nam havo oqimi kirib keladi.

Havo harorati 8-10 darajaga pasayib ketishi kutilmoqda.

17-19-oktyabr kunlari havo harorati kechasi 3-8 darajagacha iliq, respublikamiz shimolining ayrim joylarida 0-2 daraja sovuq, kunduzi 15-20 daraja iliq boʻladi.

17-19-oktyabr kunlari respublikamizning ayrim joylarida yomgʻir yogʻadi, togʻoldi va togʻli tumanlarda kuchli yomgʻir yogʻishi, baland togʻli hududlarda yogʻingarchilik boʻlishi (yogʻayotgan yomgʻir qorga aylanishi) mumkin.

17-18-oktyabr kunlari respublikamizning ayrim joylarida shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin.