Mutaxassislar 2010-yildan 2017-yilgacha uchta shaharda o'tkazilgan sakkiz yillik tadqiqot davomida havo sifatini o'lchashdi. Ma'lum bo'lishicha, ultradispers zarrachalar ta'siriga uchragan odamlarda ifloslangan havoni yutgandan keyin besh-yetti kun ichida o'lim xavfi sezilarli darajada yuqori bo'lgan. Ultradispers zarrachalar – havoni ifloslantiruvchi eng kichik zarrachalar. Ularning diametri 0,1 mikrondan oshmaydi.

Xususan, har bir kub santimetrda 3223 zarracha konsentratsiyasi ortishi bilan nafas olish tizimi kasalliklaridan o'lish ehtimoli 4,46 foizga oshdi. Bundan tashqari, bunday natijalar havo ifloslantiruvchi boshqa qattiq moddalarning ta'siridan qat'i nazar saqlanib qoldi (masalan, PM 2,5), deb xabar beradi lenta.ru.

Tadqiqotchilarning fikricha, mutaxassislar havo sifati monitoringi va aholi salomatligi xavfini baholashda nafaqat kattaroq, balki o'ta nozik zarrachalar, shuningdek, gaz konsentratsiyasiga ham e'tibor qaratishlari kerak.