Antropogen omillar tufayli havoning ifloslanishi xavfli darajaga yetdi — olimlar

    Qayd etilishicha, dunyoda 1950 yildan buyon kimyoviy moddalar ishlab chiqarish 50 baravarga oshgan. Mutaxassislar 2050 yilga borib, bu ko'rsatkich uch baravarga oshishini bashorat qilishmoqda.

    Stokgolm Barqaror rivojlanish markazi olimlarining ma'lum qilishicha, antropogen omillar tufayli havoning ifloslanishi xavfli darajaga yetdi.

    Ekspertlarning so'zlariga qaraganda, plastmassa hamda 3,5 mingta sintetik kimyoviy moddalar havoning ifloslantirayotgan asosiy omillar sanaladi. Bular tarkibiga pestitsidlar, sanoat chiqindilari hamda antibiotiklar kiradi. Bular hasharotlar hamda o'simliklar dunyosiga jiddiy xavf solmoqda, deya xabar beradi korrespondent.net.