Havoning keskin sovib ketishi tufayli O'zbekiston, Qozog'iston va Tojikistonda piyoz hosiliga zarar yetishi mumkin

    EastFruit ekspertlari e'tiborni mintaqadagi piyozning yirik eksportchilari bo'lgan Markaziy Osiyo mamlakatlari: Qozog'iston, O'zbekiston va Tojikistonda havo haroratining keskin sovishi prognoziga qaratmoqda.

    Bu mart oyida ushbu mamlakatlarning janubiy hududlarida yig'ib olinadigan ertapishar piyoz hosiliga, shuningdek, karam va sabzi kabi boshqa ertapishar sabzavotlarning hosiliga ta'sir etadi. Bundan tashqari, yong'oq hosilining bir qismi xavf ostida.

    Meva-sabzavot biznesi bo'yicha xalqaro ekspert Baxtiyor Abduvohidovning ta'kidlashicha, so'nggi paytlarda mintaqada havo juda issiq – kunduzi havo harorati 20 darajadan oshib ketgan. Natijada, ko'plab hududlarda bodom allaqachon gullashni boshlagan va boshqa mevali daraxtlarda kurtaklar ochilish arafasi.

    Biroq yaqin kunlarda hatto Tojikistonning janubiy viloyatlarida ham havo keskin sovib, 7-10 darajagacha sovuq bo'lishi kutilmoqda. O'zbekiston va Qozog'istonda vaziyat og'irroq, ularda havo harorati kechasi minus 12-13 darajagacha tushishi, kunduzi esa sovuq bo'lishi kutilmoqda. Mutaxassisning fikricha, ertapishar piyoz allaqachon unib chiqqan, bu esa hosilning bir qismini yo'qotilishiga olib kelishi mumkin.

    O'tgan mavsum tajribasi shuni ko'rsatadiki, ertapishar piyoz hosilining bir qismi boy berilishi mumkin. Piyozning sifati ham yomonlashishi, sovuq tufayli hosilni yig'ish muddati kechikishi mumkin.

    Xulosa qilib aytganda, havoning sovib ketishi Markaziy Osiyoda piyoz bozoridagi keskinlikni biroz pasaytirishi mumkin, bu yerda mahsulot zaxiralari yuqoriligicha, narxlar esa nisbatan pastligicha qolmoqda. ertapishar piyoz hosilining bir qismining boy berilishi kutilmoqda, yig'im-terim muddatining kechikishi omborda to'plangan mahsulotlarning katta zaxiralarini sotish imkoniyatini beradi.

    Shuningdek, sovuq havo majburiy tarzda sovitmasdan yopiq joylarda saqlanadigan piyoz ekinlarining yo'qotilishini kamaytiradi. Har holda, bu hodisa bozor uchun ijobiy bo'lib, so'nggi paytlarda o'sib borayotgan piyoz narxining barqarorlashishiga ijobiy ta'sir ko'rsatishi mumkin, deb xabar beradi east-fruit.com.