Poytaxtimizning Yashnobod tumanida ikkita avtobus toʻqnashuvi aks etgan Internet tarmogʻida tarqagan video boʻyicha Toshkent shahar IIBB quyidagilarni maʼlum qiladi:
2020-yil 4-dekabr kuni soat 07.48 da Maxtumquli koʻchasi “Ashxobod” parki yonida ikkita avtobus: 31 yoshli Daler D. boshqaruvidagi “Isuzu” (davlat raqami 10 104 DBA) va 44 yoshli Furqat M. boshqaruvidagi “Mercedes-Benz” (davlat raqami 01 295 ZBA) toʻqnashuvi yuz bergan. Hodisa sababli hech kim jabr koʻrmadi.
YTHning taxminiy sababi: ikkala haydovchi ham tezlikni oshirganligi sababli boshqaruvni eplay olishmagan.
Hodisa haqida maʼlumot ikkala avtobus parklari rahbariyati tomonidan koʻrib chiqilib, ikkala haydovchini ham jamoat transporti haydovchisi lavozimidan boʻshatish qarori qabul qilindi, deb xabar beradi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.