Qonunchilikka koʻra, yoʻl-transport hodisalari boʻyicha haydovchilar IIB xodimlari ishtirokisiz hodisa toʻgʻrisidagi xabarnomani tuzish orqali sugʻurta tovonini olish tartibi joriy etilgan
Shunga muvofiq, 2021-yil 1-noyabrgacha sugʻurta tashkilotlarining veb-saytlarida xabarnoma blankasi namunasi joylashtiriladi va uni yuklab olish imkoni yaratiladi.
Xabarnoma ikki nusxada quyidagi asoslar bir vaqtning oʻzida mavjud boʻlganida tuziladi:
- jabrlanuvchiga yengil jarohat yetmaganida yoki mol-mulk shikastlanmaganida;
- ishtirokchilardan biri oʻz aybiga iqror boʻlmaganida;
- hodisa piyoda ishtirokisiz sodir etilganida;
- hodisa faqat 2 ta transport ishtirokida boʻlganida;
- ishtirokchilarning fuqarolik javobgarligi sugʻurta qilingan boʻlsa;
- haydovchilik guvohnomasi, roʻyxatdan oʻtkazganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma, ishonchnoma, yoʻl varaqasi mavjudligi;
- haydovchilar mast boʻlmasa;
- transportlarning shikastlanishi nizoni keltirib chiqarmasa.
Qaror 2021-yil 25-noyabrdan kuchga kiradi.