Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shofirkon tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar A.K. va D.B. fuqaro F.T.ga haydovchilik guvohnomasini olish uchun boʻlib oʻtadigan imtihonlardan oʻtkazib qoʻyish evaziga 400 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Bagʻdod tumani boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “F.S.” MCHJga qarashli avtomaktab amaliy mashgʻulot ustasi A.S. fuqaro N.B.ga oʻquv mashgʻulotlariga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasini olib berish evaziga 300 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.