баннер
Sayt test rejimida ishlamoqda
Лого Лого-пв-уз

    Haydovchilik guvohnomalarini olish uchun imtihonlarni oʻtkazish sohasida xususiy sektorlar ham ishtirok etishlari mumkin

    Transport 6 May 2021 202

    “Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomalarini olish uchun imtihonlarni oʻtkazish sohasiga xususiy sektorni jalb etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (272-son, 04.05.2021 y) qabul qilindi.

    Qarorga koʻra, 2021-yil 1-iyundan avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyati uchun litsenziyaga ega tadbirkorlarga barcha toifadagi avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni oʻtkazish huquqi berildi.

    Ilgari bu tartib Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshirilib kelinayotgan edi.

    Ushbu tartib trolleybus va tramvay transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun tatbiq etilmaydi.