Haydovchilik guvohnomasi olib berishni vaʼda qilgan avtomaktab xodimlari ushlandi

    Tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olish uchun boʻlib oʻtadigan imtihondan oʻtkazib qoʻyishlari evaziga 300 AQSH dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIVning Buxoro viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “B.R.” avtomaktab oʻqituvchisi B.H. hamda “Vatanparvar” tashkilotining Vobkent tuman boʻlimi oʻqituvchi-mexanigi J.S. fuqaro A.A.ni tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olish uchun boʻlib oʻtadigan imtihondan oʻtkazib qoʻyishlari evaziga 300 AQSH dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.