Haydovchilik guvohnomasi olib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi

    “B” toifadagi haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 500 AQSH dollarini olgan.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shayxontohur tuman boʻlimi tomonidan IIB va DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Z.B. fuqaro D.O.ga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali “B” toifadagi haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.