Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi maʼlum qildi.
"Davlat xizmatlari agentligi vaziyatga aniqlik kiritadi.
Aholiga qulay boʻlishi uchun, eski haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga almashtirish 2021-yil 31-dekabrga qadar davom etadi. Bunda Davlat xizmatlari markazlarida koʻrsatilayotgan barcha xizmatlar kabi, ortiqcha byurokratiyasiz, soddalashtirilgan tartib amal qiladi. Yaʼni, qayta imtihon varaqasi talab etilmaydi.
Eslatib oʻtamiz, xizmatdan foydalanish uchun pasport, eski haydovchilik guvohnomasi va uning talonini taqdim etish hamda bazaviy hisoblash miqdorining 70 % (bugungi kunda 156 100 soʻm) miqdoridagi toʻlovni amalga oshirish lozim", deyiladi xabarda.









