Haydovchilik guvohnomasini almashtirishga kelgan shaxs qidiruvda ekanligi aniqlandi

    Xavfsizlik 20 Oktabr 2021 2762

    Qidiruvdagi fuqaro A.X. ushlangan.

    Joriy yilning 15-oktyabr kuni Toshkent viloyati IIBB YHXB roʻyxatlash va imtihon olish boʻlimiga haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish uchun murojaat qilib kelgan fuqaro, 1985-yilda tugʻilgan A.X.ning maʼlumotlari maxsus markazlashgan dastur orqali tekshirilganda, mazkur fuqaro Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-modda 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etganlikda gumonlanib qidiruvda ekanligi maʼlum boʻlgan.

    Boʻlimda xizmat olib borayotgan DYHXX xodimi A.Sheraliyev tomonidan qidiruvdagi fuqaro A.X. ushlangan.