Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Karmana tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.I. fuqaro M.G.ni tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasi olish uchun boʻlib oʻtadigan imtihondan oʻtkazib qoʻyish va haydovchilik guvohnomasi olib berish evaziga 5 00 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.