Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy shahar boʻlimi tomonidan IIB bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar H.Q., D.A. fuqaro N.ga tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasi olib berish evaziga, 300 ming soʻmni D.A.ning plastik kartasiga oʻtkazib, 400 AQSH dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Shu kabi, Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.M. fuqaro M.ga tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 300 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.