Tadbirda, “Vatanparvar” tashkiloti “Chilonzor oʻquv sport texnika klubi” unitar korxonasi boshligʻi F.E. fuqaro J.ga “S” toifadagi haydovchilik guvohnomasini olish uchun 3 oylik oʻquv mashgʻulotlarida qatnashmasdan, oʻqiganlik haqidagi guvohnomani tayyorlab berishi evaziga dastlab, 1,5 soʻmni qoʻlga kiritib, qolgan 1 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar biln ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan JKning 192-9-moddasi (tijoratda pora evaziga ogʻdirib olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.