Haydovchilik guvohnomasini olib berishni va'da qilgan o'rgatuvchi usta ushlandi

    G'allaorolda o'quv-sport texnika klubi o'rgatuvchi ustasi fuqaroning ishonchiga kirib, unga “B” va “S” toifali haydovchilik guvohnomasi olib berish evaziga 4,5 million so'm olgan.

    “G'allaorol o'quv-sport texnika klubi” UK o'rgatuvchi ustasi O'.B. fuqaro D.J.ning ishonchiga kirib, unga “B” va “S” toifali haydovchilik guvohnomasi olib berish evaziga 4,5 million so'mni olgan vaqtda ashyoviy dallilar bilan ushlangan.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.