2021-yilda taklif etilgan vakansiyalar roʻyxatiga 157,9 mingga yaqin haydovchi, 147,3 ming savdo menejeri va 145,7 mingta sotuvchi va kassir boʻsh ish oʻrinlari joylashtirildi.
Shuningdek, yetakchi oʻrinlarni buxgalter (87,2 ming), mijozlar bilan ishlash menejeri (80,5 ming), omborchi, yuk koʻtaruvchi va qadoqlovchilar (74,9 ming) egalladi.
Eng kam talab qilinganlar roʻyxatida ofitsiant (21,5 ming), bosh buxgalter (21,4 ming), kuryer (19,9 ming), tizim administratori (19,5 ming) va advokatlar (18,5 ming) koʻrsatildi.
Soʻnggi bir yil ichida haydovchilik kasbi ikki pogʻonaga koʻtarilib, savdo boʻyicha menejerlar boʻsh ish oʻrinlarini ikkinchi oʻringa siqib chiqardi. Muhandislik kasbi bir yil ichida eng tez pasayishni koʻrsatdi — ikkinchi oʻrindan 15-oʻringa tushib ketdi. Bu haqda HeadHunter maʼlumotlariga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.









