Hayit bayramining birinchi kuni jamoat transporti bepul xizmat koʻrsatadi

    Shu yilning 10-aprel Ramazon hayiti kuni avtobus va elektrobuslar hamda Toshkent metropoliteni soat 04:00 dan 10:00 ga qadar yoʻlovchilarga bepul xizmat koʻrsatadi.

    Bu haqda Vazirlar Mahkamasida Ramazon hayiti bayramini osoyishta va yuqori kayfiyatda oʻtkazishga bagʻishlagan videoselektor yigʻilishida maʼlum qilingan.

    Bundan koʻzlangan maqsad fuqarolarga qoʻshimcha qulaylik yaratish, yoʻllarda paydo boʻladigan tirbandliklarning oldini olishdir.

    Transport Poytaxtimiz aholisi va mehmonlaridan bayram kunlari oʻz manzillariga yetib olishda jamoat transporti xizmatlaridan foydalanish soʻraldi.

    Eslatib oʻtamiz, Prezident qarori bilan 2024-yil 10-aprel kuni Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanishi belgilandi.