Hayitda Sirdaryoda jabr ko'rgan bolajonlarga sovg'alar ulashildi

    Ijtimoiy hayot 25 May 2020 914

    Barcha savob talab insonlar qatori Toshkent viloyati hokimligi ham Sardoba suv omborida texnogen fojiasidan talofat ko'rgan hududda tiklash ishlarida qatnashmoqda.

    Viloyat hokimligi Oqoltin tumanidagi "SHodlik" mahalla fuqarolar yig'inida zarar ko'rgan 132 ta xonadonni qurib, 50 gektar maydonda obodonlashtirish ishlarini amalga oshirishni zimmasiga olgan.

    Bugun bu erda ish qizg'in. Tiklash jarayonlarida viloyatdagi 8 ta yirik pudratchi korxona va 9 ta yordamchi qurilish korxonasining 900 dan ziyod ishchi-xodimlari kunu tun ishlamoqda. 32 yoritish chiroqlari o'rnatilganligi bunga yordam beryapti. 62 ta mashina-mexanizmlar ham jalb etilgan. Bundan tashqari, 250 nafar mahalliy fuqaro maosh bilan ta'minlanadigan shartnoma asosida faoliyat yurityapti.

    Biriktirilgan 5 mahalladagi 132 ta xonadonlar 7 sektorga bo'lingan, har bir hududga viloyat hokimligidan rahbarlar va ichki ishlar xodimlari mas'ul etib tayinlangan. Viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Yo'l harakati xavfsizligi va Sog'liqni saqlash boshqarmalarian ham xodimlar biriktirilgan. SHuningdek, viloyat Favqulodda vaziyatlar, elektr tarmoqlari va “Hududiy gazta'minot” boshqarmalarining o'nlab xodimlari hamda mudofaa boshqarmasining 300 nafar askarlari jalb etildi.

    SHu kunga qadar Toshkent viloyati hokimligi tomonidan qurilishga jami 780 metr kub shag'al, 180 metr kub qum, 400 metr kub щeben`, 340 metr kub klenets, 46 ming dona pishgan g'isht, 150 tonna tsement, 410 metr kub yog'och, 15 tonna armatura, 2100 dona bazal`t plitasi, 25 tonna quruq qorishmalar, 2700 metr kvadrat profnastil` materiallari olib kelindi.

    SHu kunga qadar bir qator ishlar bajarildi. Jumladan, 132 ta uydan 105 tasining hovlilari va pollari suvlardan butkul tozalandi. 110 ta uyda demontaj ishlari yakunlandi, 100 ta uyning dvorlari tiklanib, tomni yopish yumushlari boshlandi va 68 tasi profnasti` qoqishga tayyor holga keltirildi. SHuningdek, hududdagi 5 ta ko'chaning 2,5 km masofadagi ichki yo'llarining 1,7 km qayta tiklandi.

    Hasharchilarga barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Ular yotoq joy, 3 mahal issiq ovqat, ichimlik suvi va boshqa zarur jihozlar bilan to'liq ta'minlandi. Quruvchilar karantin qoidalariga qat'iy amal qilingan holda tibbiy niqoblarda faoliyat olib borilyapti.

    Ramazon hayiti kuni Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov boshchiligida sektor rahbarlari qurilish-tiklash tadbirlari amalga oshirilayotgan mahalla fuqarolar yig'inida bo'lishdi. Mutasaddilar mahalla ahli bilan yaqindan muloqotda bo'lib, ish jarayonlari bilan tanishishdi. SHuningdek, hayit munosabati bilan 132 ta oilaning yoshlariga noutbuk hamda shirinliklar tuhfa qilindi.