баннер
Sayt test rejimida ishlamoqda
Лого Лого-пв-уз

    Hayotimizni tubdan oʻzgartirgan qomus

    Fikr 29 Noyabr 2021 591

    Yana sanoqli kunlardan keyin Bosh qomusimizning qabul qilingan kunni nishonlaymiz.

     Anʼanaga koʻra har yili bu qutlugʻ sana katta tantana bilan oʻtadi. Joylarda aholi bilan uchrashuvlar, turli jamoat va davlat tashkilotlari bilan bayram tadbirlarida Bosh qomusimiz haqida toʻlib-toshib gapiramiz.

    Shu oʻrinda savol tugʻiladi. Xoʻsh nega Konstitutsiya qabul qilinganligini bunchalik katta shodiyona bilan nishonlaymiz? Bu sananing hayotimizdagi oʻrni qanchalik muhim?

    Mulohaza qilib koʻrsak, har qanday soha rivoji uchun avvalo, tartib-intizom, qonun va qoidalarga rioya qilish talab etiladi. Bu eng oddiy va oʻta muhim talablardan biridir. Barcha qonun va qonun osti hujjatlar bevosita Konstitutsiyamizga uygʻun boʻlishini inobatga olsak, bu sanani har qancha nishonlasak oz ekanligi ayon boʻladi.

    Qolaversa, biz sharq xalqlar bir-birimizga qardosh millat hisoblanamiz. Yana bir tarafdan Markaziy Osiyo davlatlari koʻp millatli davlatlardir. Shundan kelib chiqib aytganda mamlakatimiz va unga qoʻshni davlatlar uchun eng dolzarb masala – tenglik, erkinlik, birodarlik, xalqlar va millatlararo doʻstlik boʻlib qolaveradi. Konstitutsiyamiz ana shunday umuminsoniy gʻoyalarga uygʻunlikda ishlab chiqilgan ekan, demak Bosh qomusimiz maʼnaviy va maʼrifiy hayotimizni yoritib borishdagi oʻrnini boshqa hech bir hujjat bosa olmaydi.

    Aslida har bir mamlakatning tinch va barqarorligi uning Bosh qomusi bilan chambarchas bogʻliq. Zamonaviy demokratiyasi bilan oʻzini koʻz-koʻz qilayotgan istalgan bir davlatni olib koʻring. Tinchlik va osoyishtalik, fuqarolarning haq-huquqlarining taʼminlanganligi, millatlararo hamjihatlik muhitini mustahkamlanganligi ulardagi Konstitutsiyaga borib taqaladi. Loʻnda aytganda har qanday davlatda umuminsoniy gʻoyalarning keng tarqalishi, ustuvor boʻlishi ularni Konstitutsiyada aks etganiga bogʻliq.

    Demak, Konstitutsiyamizda umuminsoniy gʻoyalar aks etgan ekan, yurtimizning rivojlangan davlatlar qatoriga kirib, xalqimiz farovonligini yanada oshib borishining huquqiy jihatdan kafolatlanganligidan dalolat. Shu bilan birgalikda tenglik, erkinlik, birodarlik va millatlararo doʻstlik aslida xalqimizga xos fazilatdir.

    Bosh qomusimizda inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat darajasiga koʻtarilib, barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari, anʼanalari hurmat qilinishi belgilab qoʻyilgani, shubhasiz maʼnaviy va maʼrifiy hayotimiz yoʻlini oydinlashtirib boraveradi. Chunki, Bosh qomusimiz hayot haqiqatlariga, xalqimiz turmush tarziga, orzu-umidlariga toʻla mos keladi. Bu esa davlatimizning jahon hamjamiyatida oʻz taraqqiyot yoʻli va munosib oʻrni borligini anglatadi.

    Konstitutsiyamiz haqida gap ketsa, uning 12-moddasida doim yodimga tushadi: “Oʻzbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi. Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida oʻrnatilishi mumkin emas”, deb belgilab qoʻyilganini eslash maqsadga muvofiqdir!”

    Xulosa qilib aytganda, Konstitutsiyamizda belgilab berilgan ustuvor tamoyillar hayotimizni tubdan oʻzgartirib, tinchlik va barqarorligimizning muhim kafolati boʻlib kelmoqda. Muhimi, jahon hamjamiyati oldida davlatimiz obroʻ-eʼtibori yanada oshib bormoqda.

    Dilshod Ismoilov,

    Toshkent viloyati

    Parkent tumani prokurori.