eksperimentda 70 yoshdan 77 yoshgacha bo'lgan etti mingga yaqin ko'ngilli ishtirok etdi, ular uch guruhga bo'lindi. Birinchi guruh avvaliga haftasiga ikki marta yuqori intensiv mashqlarni bajardi, jumladan o'n daqiqali organizmni qizdirish, to'rt daqiqa jismoniy mashqlar va dam olish. Ikkinchi guruh haftasiga ikki marta 50 daqiqa davomida doimiy o'rtacha intensivlikda mashq qildi. Uchinchi guruh ko'ngillilari Norvegiya Sog'liqni saqlash vazirligining tavsiyalari asosida shug'ullandi.
Besh yildan so'ng ekspertlar tadqiqotning barcha ishtirokchilari orasida o'lim ko'rsatkichlarini taqqosladi. Birinchi guruhda bu ko'rsatkich uch foizni, ikkinchisida deyarli olti foizni, uchinchisida esa 4,7 foizni tashkil etdi.
Olimlar ta'kidlaganidek, bu farq statistik jihatdan ahamiyatli emas, lekin yuqori intensiv mashg'ulotlar va sog'lom turmush tarzi, shuningdek, uzoq umr ko'rish o'rtasidagi bog'liqlikni ko'rsatadi.