Hayvon oyi qimmatga tushdi

    Toshkent viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari tomonidan o'tkazilayotgan reydlar mobaynida ekologik qonunchilikka zid holatlar ham aniqlanmoqda

    Jumladan, Toshkent viloyati Ohangaron tumani hududida uch nafar fuqaro M.D. SH. Z. va N.T. tomonidan hech qanday ruxsatnomalarsiz O'zbekiston Respublikasining “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish to'g'risida”gi qonunining 32, 33-moddalari talablarini buzgan holda bir bosh to'ng'iz (yovvoyi cho'chqa), bir bosh elik(kosulya) hamda bir bosh bo'rsiq hayvonlarini shavqatsizlarcha ovlaganlik holati aniqlandi.

    Qonunbuzar fuqarolarga nisbatan O'zbekiston Respublikasining “Ma'muriy javobgarlik tog'risida”gi kodeksining 90-moddasiga asosan jarima belgilanib hayvonot olamiga zarar etkazganligi uchun to'lov belgilandi.