Hayvonlarga shavqatsiz munosabatda boʻlgan shaxsga chora koʻrildi

    Internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda “Jizzaxdagi zavodda hayvonlar tiriklayin kuydirilmoqda...mi?" sarlavhali xabar tarqaldi.

    “Bir hayvon ikkinchi hayvonni oʻtda kuydirmoqda” va “Jizzaxdagi zavodda hayvonlar tiriklayin kuydirilmoqda...mi?”, sarlavhalari bilan tarqalgan xabarlarda Zafarobod tumani Chimqoʻrgʻon QFYda joylashgan “Xuaxin” sement zavodi ishchisi kiyimidagi shaxsning kuchuk bolasini kuydirayotgani aytilgan edi.

    Zafarobod tumani IIB xodimlari tomonidan ushbu xabar yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilib, mazkur holatni sodir etgan shaxs Xitoy Xalq Respublikasida tugʻilgan, “Xuaxin” oʻzbek-xitoy qoʻshma korxonasida mexanizator boʻlib ishlovchi Man Ming ekanligi aniqlandi.

    Mazkur holat yuzasidan Zafarobod tuman IIB hodimlari tomonidan Man Mingning hayvonlarga shavqatsiz munosabatda boʻlganligi sababli unga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 111-moddasida (Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish) koʻrsatilgan xuquqbuzarlikni sodir etganligi tufayli maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Bu haqida Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.