«Hayvonot parklari (hayvonot bogʻlari) va sirk xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari«ga koʻra, quyidagi xavfsizlik choralariga rioya qilish lozim:
- yirik tuyoqli hayvonlar, fil, yirik yirtqichlar, zaharli ilon, timsoh, tuyaqushi va boshqalarga hayvonot bogʻida bir vaqtda kamida 2 ta xodim xizmat qilishi zarur;
- hayvonlarga xizmat qilish vaqtida chekish, ovqatlanish, inventarlarni tuzatish va ularga yozish hamda boshqa chalgʻituvchi harakatlarni amalga oshirish taqiqlanadi;
- ish joyiga va hayvonlarga xizmat qilishda yordam koʻrsatish uchun begonalarning kirishlari taqiqlanadi.
Bundan tashqari har bir hayvon turi bilan ishlash qoidalari belgilab oʻtilgan jumladan yirik yirtqich hayvonlar bilan ishlash qodalari belgilangan.
Bunga koʻra:
- xavfli hayvonlarga xizmat qilishda faqat koʻchma asbob-uskunalar qoʻllaniladi;
- xavfli hayvonlarni ovqatlantirayotgan xodimda maxsus ayri, nayza va boshqa asboblar-uskunalar boʻlishi va ularning uzunligi ularga yaqinlashmasdan ovqatlantirishga imkoniyat yaratishi lozim;
- ish boshlashdan avval hayvonlarni baland lekin, yoqimli ovozda chaqirib diqqatini jalb qilish, ularni hurkitmasdan muloqotda boʻlish, xatti-harakatini kuzatib turish kerak;
- xizmat joyidagi oʻtish yoʻllari, dahlizlar va boshqa maydonlar hayvonlar saqlanadigan qafaslarga tutash boʻlishi, xizmatchilarning hayvonlarga qarashiga xalaqit bermasligi, ularning erkinligi va xavfsizligini taʼminlashi zarur.
Xulosa qilib aytganda, hayvonot bogʻlarida xavfsizlik, hayvonlar bilan aloqada boʻlish, ularni boqish, parvarish qilish alohida eʼtiborni talab qiladi. Agar yuqoridagi qoidalarga rioya qilish xodimlarning xavfsizligini taʼminlashga yordam beradi.