Qonun bilan qonun hujjatlariga hayvonot va oʻsimlik dunyosidan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Shuningdek, oʻz hududida binolarni, inshootlarni yoki boshqa obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish chogʻida belgilangan talablarni buzib, kimyoviy, biologik vositalarni qoʻllagan holda daraxtlarni, butalarni yoki boshqa oʻsimliklarni qasddan shikastlantirganlik, payhon qilganlik yoki yoʻq qilganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari davlat inspektorining qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilganlik, uning ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishlarini bartaraf etishga doir koʻrsatmalarini bajarmaganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda.