Farzandlarimiz, aksariyat katta yoshlilar ham sevib isteʼmol qiladigan chipslar oʻzining xushboʻy taʼmi bilan doimiy isteʼmolchilari eʼtiborini tortib turishi aniq. Zero, uni xushtaʼm qilishda ziravorlardan foydalanish natijasida qoʻlbola tayyorlangan chipslardan sotuvdagi chipslarning farqi boʻladi.
Narxi arzon boʻlmagan, ammo xaridorgir chipslar qachon va qanday paydo boʻlgani barchaga qiziq boʻlsa kerak. Zero, ularning kashf qilinishi ham qiziq. Chipslar 1853-yil AQSHda Moon Lake Lodge restoranida mijozning kartoshka boʻlaklari juda qalinligidan yaxshi qovurilmagani haqidagi shikoyatiga hazil javob sifatida tayyorlanadi. Keyin esa ular ushbu korxonaning eng mashhur ixtirosiga aylandi.