Hozirda zamonaviy jihozlangan keng va yorugʻ xonalar, kutish zallari, bolalar maydonchasi, investorlar xonasi mijozlarning talabini qondira oladi

    Mamlakatimizda 5 Iyul 2020 1081

    Qadimgi Xorazm koʻhna qalʼalar yurti hisoblanadi, ular orasida Hazorasp qalʼasi alohida oʻrganilishga molik. Necha ming yillar davomida buyuk harbiy mudofaa istehkomi sifatida tarix sahifalarida muhrlanib qolgan qadimiy Hazorasp Xorazm viloyatining janubiy darvozasi sanaladi.

    Tuman aholisi azal-azaldan tadbirkorlik, ishlab chiqarish hamda xizmat koʻrsatish sohasi bilan shugʻullanib keladi.

    Tumanda ham karantin qoidalariga qatʼiy amal qilgan holda fuqarolarga davlat xizmatlarini sifat jihatidan yana-da oshirish maqsad qilingan. Ayni kunlarda markazlar zamonaviy va qulay koʻrinishga keltirilmoqda.

    Bugungi kunda tuman aholisi va tadbirkorlarga qulaylik yaratish, yaʼni, ularga davlat xizmatlarini koʻrsatishda yuqori sifat darajasiga erishish zarur.

    Markazining avvalgi binosi bugungi kun talablariga javob bera olmas edi. Shuning uchun ham karantin davri boʻlishiga qaramasdan tashrif buyuruvchilarga sifatli davlat xizmatlarini koʻrsatish maqsadida markaz qisqa muddatlarda yangidan qurib bitkazilib, qulay va shinam koʻrinishga keltirildi.

    Hozirda zamonaviy jihozlangan keng va yorugʻ xonalar, kutish zallari, bolalar maydonchasi, investorlar xonasi mijozlarning talabini qondira oladi.

    Markazda tadbirkorlik subyektlari uchun ham barcha qulayliklar mavjud. Binoda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir qabulxonasi, investorlarga xizmat koʻrsatish uchun maxsus joy hozirlangan. Shuningdek, fuqarolarga bepul huquqiy maslahat berish burchagi, kutish zali, bolalar maydonchasi, kutubxona, E-auksion va oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish sharoitlari yaratib berildi.

    Elektron navbat, infokiosk, kutish zali, bolalar maydonchasi... hamma -hammasi muhayyo qilingan. Monitorlarda davlat xizmatlari koʻrsatish sohasidagi yangiliklar, davlat xizmatlari olish tartiblari toʻgʻrisidagi roliklar muntazam namoyish etib boriladi.

    Maʼlumot oʻrnida: Tuman iqtisodiyoti tadbirkorlik, ishlab chiqarish, oziq-ovqat, qurilish materiallari, elektrotexnika sohalariga ixtisoslashgan.

    Shu sababdan davlat xizmatlari olishga boʻlgan talab birmuncha yuqori.

    Tumanda Davlat xizmatlari markazi tashkil qilinganidan buyon davlat xizmatlarini olish yuzasidan jami 110 mingga yaqin murojaatlar kelib tushgan bo'lib, ushbu ko'rsatkich joriy yilning 6 oyi davomida 10 mingdan ortiqni tashkil qilgan.

    Shuningdek, joriy yilning 6 oyi davomida 1 123 ta tadbirkorlik sub'ektlari davlat ro'yxatidan o'tkazilgan bo'lib, ularning 192 tasi yuridik shaxslar, 931 tasi jismoniy shaxslarni tashkil qilgan.

    Undan tashqari, o'tgan davr mobaynida 630 dan ortiq tadbirkorlik sub'ektlari qayta ro'yxatdan o'tgan.