AI Hackathon loyihasi 2025-yil oktyabrdan 2026-yil dekabriga qadar bosqichma-bosqich amalga oshiriladi va unda 5 mingdan ortiq ishtirokchi ishtirok etib, sogʻliqni saqlash, taʼlim, sud tizimi, suv xoʻjaligi va tadbirkorlik yoʻnalishlari boʻyicha innovatsion yechimlarni ishlab chiqishlari kutilmoqda.
Nukusda oʻtkazilayotgan “HealthTech Hackathon”ning asosiy maqsadi — tibbiyot sohasida raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirishdir. Loyiha mamlakatimiz tibbiyot hamjamiyati va IT-mutaxassislarini bir maydonga toʻplab, raqamli sogʻliqni saqlash yoʻnalishida yangi yechimlar yaratish uchun samarali milliy platforma shakllantirishni koʻzlaydi.
Tadbir IT va tibbiyot oliy taʼlim muassasalari talabalari, yosh shifokorlar, IT mutaxassislari va tibbiyot muassasalari vakillari ishtirokida davom etmoqda.












