баннер
26 Apr 2025
12:29

    Hech qanday ish stajiga ega boʻlgan fuqarolarga pensiya emas nafaqa tayinlanadi

    Amaldagi qonunchilikka muvofiq, erkaklar 60, ayollar 55 yoshga toʻlganda kamida 7-yillik mehnat stajiga ega boʻlsa, ularga yoshga doir pensiya tayinlanishi belgilab qoʻyilgan.

    Agar talab etilgan mehnat stajiga ega boʻlmaganlarga ham pensiya tayinlanadimi?

    Savolga Ijtimoiy himoya milliy agentligi bosh mutaxassisi Farrux Nazirov javob berdi:

    — Fuqarolar agar talab qilingan ish stajiga ega boʻlmasa, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida ularga nafaqa tayinlanadi. Bunda ayollar 60, erkaklar 65 yoshdan.

    Undan tashqari, nogironligi bor bolalarni parvarishlagan onalarga imtiyoz tariqasida 55 yoshdan yoshga doir pensiyaga chiqadi. Ushbu nafaqa inson omilisiz tayinlanadi. Uni tayinlash uchun fuqarolar davlat xizmatlari markazlari, “Inson” markazlariga yoki oʻzlari yashayotgan mahallaridagi ijtimoiy xodimlarga murojaat qiladi. Ushbu nafaqaning miqdori bugungi kunda 745 ming soʻm deb qatʼiy belgilangan.

    — Xuddi shunday holatda hujjatlar qay tartibda koʻrib chiqiladi?

    — Nafaqalarni tayinlash toʻliq avtomatlashtirilgan. Unda fuqarolarning murojaatlari Milliy ijtimoiy himoya axborot tizimi orqali vazirlik va idoralarning axborot tizimizga yuborilgan soʻrov orqali nafaqa tayinlash yoki rad etilish boʻyicha qaror qabul qilinadi. Bunda fuqarolarning nafaqa tayinlangani yoki rad etilgani toʻgʻrisida maʼlumotlar ularning mobil telefonlariga sms orqali yuboriladi. Fuqaro tegishli yoshga yetmaganda yoki boʻlmasa pensiya jamgʻarmasi tomonidan pensiya tayinlangan holatlarda nafaqa tayinlash rad etiladi.

    Maʼlumot uchun, hozirgi kunda 86 mingdan ziyod fuqaro shu turdagi nafaqa oladi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech