“Turkiya Konstitutsiyasining 127-moddasi, 5393-sonli “Munitsipalitetlar to'g'risida”gi qonunning 47-bandiga muvofiq, Imamog'lu vaqtinchalik chora sifatida o'z vazifasidan chetlatildi”, deyiladi xabarda.
Yakshanba kuni ertalab Sözcü telekanali sud Imamog'luni hibsga olishga qaror qilgani haqida xabar bergan edi. U bilan birga bir qancha yuqori lavozimli amaldorlar hibsga olindi, jami 90 dan ortiq kishi sud ishida ishtirok etmoqda.
Istanbul bosh prokuraturasi, o'z navbatida, ikkinchi terrorchilik ishi bo'yicha tergov doirasida hokimni hibsga olish so'rovini rad etgan sud qarori ustidan shikoyat qilmoqchi, deb yozadi Sabah gazetasi. Yakuniy qarorni faqat Turkiya Konstitutsiyaviy sudi chiqarishi mumkin.
Imamog'lu 19-mart kuni korrupsiya, poraxo'rlik, tovlamachilik va terrorchilik bilan shug'ullanuvchi tashkilot ishi bo'yicha hibsga olingan edi. Siyosatchi besh soat davomida Adliya saroyida ko'rsatma berdi va OAV xabarlariga ko'ra, terrorchilar bilan aloqadorlik ayblovlarini rad etdi va uni hibsga olish usulini tanqid qildi, deb xabar beradi ria.ru.