Hind choyining narxi keskin oshishi mumkin

    Dolzarb 17 May 2021 1332

    Hindistonda koronavirus bilan kasallanish holatlari o‘sib borishi va qurg‘oqchilik choy hosilini yig‘ishtirib olishga keskin ta'sir o‘tkazishi mumkin.

    Ishlab chiqaruvchilarning fikricha, agar kasallikning tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat nazoratga olinmasa, choyning narxi keskin oshishi mukin. Bu haqda yakshanba kuni «Financial Times» (FT) gazetasida yozilgan.

    Nashrning mahallliy choy assotsiatsiyasi ma’lumotiga tayanib xabar berishicha, Assam shtatidagi 90ta choy plantatsiyasida umumiy hisobda 500tadan oshiq koronavirus bilan kasallanish holati kuzatilgan. Lekin plantatsiya egalarining so‘zlariga ko‘ra, pandemiyaning haqiqiy miqyosini aniqlash uchun qo‘shimcha test o‘tkazish kerak ekan. Undan tashqari hukumat yana boshqa 800ta plantatsiyada koronavirusning tarqalishining oldini olishga harakat qilyapti.

    Kasaba uyushmalari vakillari ishchilar orasida kasallikning tarqalishiga plantatsiyalarda yashash va mehnat qilish sharoitining og‘irligida deb hisoblayapti.

    Gazetada xabar berilishicha, hukumat plantatsiya ishchilari uchun emlash punktlari tashkil etyapti. Lekin vaksinaning yetishmasligi tufayli hammani emlashning iloji bo‘lmayapti. Undan tashqari Assam va mamlakatning shimoliy-sharqidagi shtatlardagi qurg‘oqchilik tufayli vaziyat yanada keskinlashyapti, deb xabar beradi TASS.