Yo'tal siropidan o'lim holatlari sababli 31 ta zavod faoliyati to'xtatildi, 50 ta farmkompaniya mahsulotlari yo'q qilindi va litsenziyasi tortib olindi.

Hindiston dori eksport qilish bo'yicha yetakchilardandir. Masalan, o'tgan yili 24 mlrd. dollardan ortiq dorilar eksport qilingan. Ammo hozir aynan yo'tal siropi eksportdan oldin sinovdan o'tkazilishi shart qilib qo'yilgan.

Avvalroq bolalar o'limiga sabab bo'lgan yo'tal siroplarini ishlab chiqargan hind kompaniyasi zaharli sanoat moddasidan foydalangani oshkor bo'lgandi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan yili oxirida “DOK-1 Maks” dori vositasi oqibatida 19 (ba'zi manbalarda undan ham ko'proq) bola vafot etgandi.

Yanvar oyida O'zbekistonda bolalar o'limiga aloqadorlikda ayblanib, to'rt kishi, jumladan Marion dori-darmonlarini import qilgan kompaniyaning ikki rahbari hibsga olingan.