- 1927-yildan beri amal qilib kelingan Hindiston olimpiyachilarining logotipi mamlakat mustaqillikka erishmagan paytda qabul qilingan boʻlib, oʻtgan davr mobaynida milliy anʼnalarni oʻzida aks ettirmayotgan edi. Yangi logotip esa Hind xalqining yuzi va asriy orzularining timsoli boʻlib qoladi, - deydi Hindiston olimpiyachilarining yetakchisi Narinder Batra.
Xabarda aytilishicha, Hindiston olimpiyachilari logotipining taqdimoti kelgusi oyda boʻlib oʻtadi. Mamlakat sportchilari Tokio olipiadasida aynan ushbu belgi ostida ishtirok etishadi.
Toʻlqin ROʻZIYEV.