Hindiston 2036-yilgacha o'zining atom suv osti kemasini ishlab chiqadi

    Hindistonda ishlab chiqarilgan birinchi atom hujum suv osti kemasi 2036-yilgacha tayyor bo'ladi.

    Bu haqda Hindiston harbiy-dengiz kuchlari qo'mondoni admiral Dinesh Tripati ma'lum qildi.

    Unga ko'ra, Hindiston harbiy-dengiz kuchlari uchun atom suv osti kemasini yaratish dasturi hukumat tomonidan tasdiqlangan. “Birinchi mahalliy ishlab chiqarilgan atom hujum suv osti kemasi 2036-yilga borib, ikkinchisi esa yaqin ikki yil ichida yetkazib beriladi”, deya Tripatining so'zlaridan iqtibos keltirgan India Today telekanali.

    “Bu suv osti kemalari Harbiy-dengiz kuchlarining salohiyatini sezilarli darajada oshiradi va milliy manfaatlarni himoya qilishda o'z kuchini namoyish etadi”, dedi admiral. Tripati Hindistonning suv osti floti Xitoy va Pokistonning Hind okeani mintaqasida o'sib borayotgan dengiz faoliyatiga qarshi tura oladigan kuch bo'lib xizmat qilishini qo'shimcha qildi.

    Respublika Harbiy-dengiz kuchlari bosh qo'mondoni avgust oyida ikkinchi atom raketa suv osti kemasi Arighaat foydalanishga topshirilganini, undan noyabr oyida parvoz masofasi 3,5 ming kilometr bo'lgan K-4 ballistik raketasi uchirilganini eslatdi. Tripati sinov muvaffaqiyatli o'tganini ma'lum qildi, deb xabar beradi tass.ru.