Hindiston aholisi 1,5 milliardga yaqinlashdi

    Hindiston aholisi 1,5 milliard kishiga yaqinlashdi va kelajakda yana 200 millionga ko'payadi. Bu haqda BMTning Aholishunoslik jamg'armasi (UNFPA) hisobotida aytiladi, deya xabar beradi “TASS”.

    “Hindiston hozirda dunyodagi eng ko'p aholiga ega davlat bo'lib, mazkur mamlakatda taxminan 1,5 milliard kishi yashaydi, 40 yil ichida kamayib ketmasa bu raqam taxminan 1,7 milliardga oshishi kutilmoqda”, deyiladi hisobotda.

    Hujjatda qayd etilishicha, Hindistonda o'rtacha hisobda bir ayol ikki farzandni dunyoga keltiradi.

    BMTning o'tgan yilgi World Population Prospects hisobotida aytilishicha, Hindiston aholisi 1960-yillarning boshlarida 1,7 milliard nafarni tashkil qiladi.

    Dunyo aholisi, xalqaro tashkilot bashoratlariga ko'ra, 2080-yillarning o'rtalarida 10,3 milliard nafarga etadi, deb xabar beradi gazeta.ru.