Hindiston ayol-robotni koinotga olib chiqadi

    Fan va texnologiya vaziri Jittendra Singxning aytishicha, Hindiston shu yil ayol ko'rinishidagi robotni koinotga uchirishni rejalashtirmoqda.

    Vyommitra ismli robot-kosmonavtning uchirilishi joriy yilning uchinchi choragida, Gaganyaan missiyasi esa kelasi yilga mo'ljallangan.

    Gaganyaan uch kishidan iborat ekipajni besh tonnalik kapsula ichida taxminan uch kun davomida 400 kilometr balandlikdagi Yer orbitasining quyi qismiga olib chiqib, so'ngra ularni ortga qaytarishni rejalashtirmoqda.

    Singxning qo'shimcha qilishicha, robot-kosmonavt odam funksiyalarini bajarish va missiyadagi fazoviy kapsula bilan aloqa o'rnatishga mo'ljallangan.

    Hindiston koinot agentligi hayvonlar o'rniga robotlarni koinotga jo'natish “koinot muhitdagi vaznsizlik va radiatsiya odamlarga qanday ta'sir qilishi mumkinligini” tushunishga yordam berishidan umidvor.

    Agentlik bunday robot ekipajga modul parametrlarini kuzatish, panellarni boshqarish, so'rovlarga javob berish va kelajakdagi missiyalarda odamga o'xshash funksiyalarni bajarishda yordam berishiga umid qilmoqda, deb xabar beradi korrespondent.net.