Hindiston ballistik raketani temir yo'l qurilmasidan uchirdi

    Hindiston mudofaa vaziri Rajnatx Singxning ma'lum qilishicha, Hindiston o'rta masofaga mo'ljallangan Agni-Prime ballistik raketasini mobil temir yo'l qurilmasida muvaffaqiyatli sinovdan o'tkazdi.

    “Mobil temir yo'l platformasidan raketa uchirilishi Hindistonning strategik to'xtatib turish qobiliyatining ortib borayotganini namoyon etdi”, deb yozadi vazir X ijtimoiy tarmog'ida.

    Agni-Primening muvaffaqiyatli tarzda sinovdan o'tkazilgani Hindistonga mobil temir yo'l qurilmalardan raketalarni uchirish imkoniyatiga ega davlatlar guruhiga qo'shilish imkonini berdi, deya qo'shimcha qildi Singx.

    Agni-Prime ballistik raketasi Hindistonning yangi avlod raketa tizimining bir qismidir. U 2000 kilometr uzoqlikdagi nishonlarni urishga qodir, deb xabar berdi tass.ru.