Hindiston bilan hamkorlikning yangi qirralari shakllanadi

    Biznes 12 Sentabr 2024 624

    Ayni kunlarda Hindiston ishbilarmonlari delegatsiyasi mamlakatimizda boʻlib turibdi. 11-se

    ntyabrda Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi.

    Kun tartibidan ikki mamlakat ishbilarmonlari oʻrtasida aloqalarini faollashtirish va sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari oʻrin oldi.

    Shuningdek, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi, “Oʻzcharmsanoat”, “Oʻztoʻqimachiliksanoat”, “Oʻzeltexsanoat” uyushmalari hamda Hindistonning “Sharda University”, “Wapcos Limited”, “Crystal Crop Protection Limied” va “Solar energy” korxonalari tomonidan taqdimotlar namoyish etildi.

    Davra suhbati yakunlariga koʻra, charm-poyabzal farmatsevtika, logistika, qurilish, qishloq xoʻjaligi, toʻqimachilik va boshqa sohalarda faoliyat yurituvchi ikki mamlakat ishbilarmon doira vakillari ishtirokida B2B formatidagi ikki tomonlama uchrashuvlar tashkil etildi, deb xabar beradi “Oʻzcharmasanoat” uyushmasi matbuot xizmati.