Raketa Shrixarikota orolidagi kosmodromdan amalga oshirildi. Bu 24 soat ichida ikkinchi urinish edi – birinchisi rejalashtirilgan ishga tushirish vaqtidan besh soniya oldin to'xtatildi.
Sinov ekipaj kapsula ishlamay qolsa, uni xavfsiz tark etishi mumkinligini ko'rsatish uchun o'tkazildi.
“Men TV-D1 (Test Vehicle Demonstration 1) missiyasi muvaffaqiyatli yakunlanganini e'lon qilishdan juda mamnunman”, dedi IRSO rahbari Sridxar Somanat raketa uchirilganidan so'ng.
Uch fazogir bilan boshqariladigan missiyani 400 kilometrlik quyi Yer orbitasiga jo'natish bir qator uchuvchisiz sinovlar muvaffaqiyatli yakunlangandan keyingina amalga oshiriladi.
Hindiston 2018-yil dekabr oyida orbitaga ekipaj yuborish missiyasini tasdiqladi. Gaganyaan loyihasining qiymati 1 milliard dollarga baholanmoqda. Missiya 2025-yilga mo'ljallangan, deb xabar beradi korrespondent.net.