Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda Oʻzbekiston-Hindiston hamkorligining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
Oʻzbekiston va Hindiston rahbarlarining faol ishonchli muloqoti natijasida ikki tomonlama munosabatlardagi yangi surʼat mamnuniyat bilan qayd etildi.
Uchrashuvda madaniyat va sanʼat sohalarida qoʻshma tadbirlar oʻtkazish xalqlar oʻrtasida oʻzaro munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qilishi taʼkidlandi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.